«o‘zbekiston musulmonlari idorasi» tegli maqolalar


Rahmatulloh Sayfuddinov yana imomlikka qaytdi
16 mart 2023, 14:41

Rahmatulloh Sayfuddinov yana imomlikka qaytdi

Yanvar oyida o‘z arizasi bilan Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgan Rahmatulloh Sayfuddinov «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.

«Hayit namozi o‘qilmasligi bo‘yicha xabarlar asossiz» — O‘zbekiston musulmonlari idorasi
4 iyul 2022, 16:48

«Hayit namozi o‘qilmasligi bo‘yicha xabarlar asossiz» — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda «Qurbon Hayiti namozi o‘qilmaydigan bo‘ldi» mazmunidagi xabarlar «asossiz va haqiqatga mos kelmasligini» ma’lum qildi. Hozir mamlakatda ommaviy tadbirlar cheklanmagan, namoz o‘qish bo‘yicha biror o‘zgarish bo‘lsa, oldindan xabar berilishi qayd etildi.

Ramazon oyi qachon boshlanadi?
31 mart 2022, 12:18

Ramazon oyi qachon boshlanadi?

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining tarovih namozlarida xatm qilinadigan Qur’oni karim taqsimoti jadvalida tarovih namozlari 1 apreldan boshlanishi ko‘rsatilgan. Bu — Ramazon oyi 2 apreldan kirib kelishini anglatadi. Biroq O‘zbekistonda Ramazon oyi qachon boshlanishi haqida rasmiy xabarlar e’lon qilingani yo‘q. Qoraqalpog‘istonda esa Ramazon 2 apreldan boshlanishi rasman ma’lum qilindi.

Musulmonlar idorasi Qashqadaryoda qo‘lga olingan «jihodchilar» orasida imom-noib borligi bo‘yicha munosabat bildirdi
1 noyabr 2021, 18:45

Musulmonlar idorasi Qashqadaryoda qo‘lga olingan «jihodchilar» orasida imom-noib borligi bo‘yicha munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» a’zosi sifatida gumon qilinib, ushlangan masjid imom-noibi aslida boshqa kasb egasi ekanligini ma’lum qildi. «Yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini alohida ta’kidlaymiz», — deyiladi munosabatda.

13 avgustdan juma namozini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi
10 avgust 2021, 22:24

13 avgustdan juma namozini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi masjidlarning ishchi va xodimlari emlangan taqdirda juma namozini ado etishga ruxsat berdi. Qolaversa, tashrif buyuruvchilardan vaksina olganlik to‘g‘risida QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lganlar kiritilishi belgilanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting